Riyad Mahrez keyingi 24 soat ichida "Al Ahli" futbolchisiga aylanishi mumkin (Fabricio Romano)

Administrator
19 iyul 2023, 22:40
Yana bir ajoyib futbolchi Saudiya Arabistoniga yo'l olishi oydinlashmoqda.

"Manchester Siti" futbolchisi Riyad Mahrez Saudiya Arabistonining "Al Ahli" klubiga o'tadi. "Al Ahli" "Siti" bilan 35 mln evroga teng transfer bo'yicha deyarli kelishib oldi. 

Bu haqda taniqli insayder Fabricio Romano ma'lum qildi. Romano Mahrez 24 soat ichida "Al Ahli" futbolchisiga aylanishi mumkinligi tasdiqladi. Bu xabarni birinchi bo'lib jurnalist Devid Ornshteyn tarqatgandi.

Mahrez va "Al Ahli" uch yillik shartnoma imzolashga o'tgan haftada kelishib olishgandi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano