Rivaldo - Neymarga: "Agarda yiqilib, vaqt cho'zish kerak bo'lsa, buni bajar"

Mirjalol Normatov
5 iyul 2018, 12:25
Braziliya termasi sobiq futbolchisi Rivaldo hujumchi Neymarni qo'llab-quvvatladi.

"Neymar, har doimgidek o'yin namoyish qil. Boshqa jamoalarning muhokamalariga quloq solma. Ularning ko'pchiligi JCHni tark etib bo'lishdi.

Fint qilish kerak bo'lsa - buni bajar. Gol urish kerakmi - darvozani ishg'ol qil. Agarda senga fol ishlatishsa-yu, yiqilib vaqt cho'zish kerak bo'lsa, buni ham qil. Chunki buni barcha bajaradi.

Oldinga harakatlan va o'z o'yinining bilan bizni xursand qilaver!", - deb yozadi Rivaldo o'zining instagramida.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: instagram.com/rivaldoofficial