"Rivaldo, Mirjalol Qosimov, Davron Fayziev..." (6-son)

31 okt 2021, 12:04
"8+3" rukni davom etadi. Bu gal jurnalist, iqtidorli sport sharhlovchisi Orif Tolipov bilan suhbatlashdik. Unga futbolga oid 8ta, futboldan tashqari 3ta savol bilan murojaat qildik.

- Siz o'yinlarini bevosita kuzatgan eng kuchli futbolchi kim?

- O'yinini ekran orqali kuzatganlarim orasidan bu - Ronaldinyo. Bu keyin "kuchli" tushunchasiga qanday yondashishga bog'liq. Mening o'lchovlarimda bu - Ronaldinyo.  

- Tarixdagi eng kuchli jamoa (yoki terma jamoa) sifatida qaysini ko'rsata olasiz? 

- 2008-2012 yillardagi "Barselona".

- Siz ko'rgan eng chiroyli gol qaysi?

- Jamoaviy gollar. "Arsenal"da ko'p bunaqalari. 


- Futbol olamida boshqalardan mutlaq ajralib turadigan shaxs kim?

- Ser Aleks Fergyuson. 

- O'zbek futboli qiroli sifatida kimni ko'rsatasiz?

- Mirjalol Qosimov.

 - Nechanchi yillardagi terma jamoamiz barcha davrlarning eng kuchlisi edi?  

- Men ko'rganlarim ichida 2011 yildagi. 

- O'zbekiston chempionatlarida o'ynagan eng kuchli xorijlik o'yinchi kim?

- Rivaldo 

- O'zingiz o'yinlarini kuzatgan futbolchilar orasidan ramziy jamoa tuzib bering. 

- Shey Given - Patris Evra, Dani Alvesh, Serxio Ramos, Djon Terri - Devid Bekham, Ngolo Kante, Andres Inesta - Ronaldu, Messi, Levandovski.

- Yoqtirgan kitob yoki kinongizning nomini ayting .

- "Lolazor", Murod Muhammad Do'st. 

- Siz uchun baxt nimadan iborat? 

- Xotirjamlik. 

- Hayotingizning burilish nuqtasi sifatida qaysi voqeani eslaysiz? 

- Kasbiy e'tibor bilan olinsa, bu Davron Fayziev bilan tanishishim.

"8+3". Artur Gevorkyanning Rivaldo va Cherandan ustun tomonini bilasizmi? (5-son)

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia