Rio Ferdinand: "MYU APLda kuchli to'rtlikka kiradi"

Aslanov Jasurbek
30 dek 2023
Rio Ferdinandning fikricha, "Manchester Yunayted" joriy mavsum APLni kuchli to'rttalikda yakunlaydi.

"MYU top 4ga bir amallab kirmaydi, ular o'sha erda bo'lishadi.

Yangi rahbariyatning bunga aloqasi bo'lmaydi deb o'ylayman, ular shunchaki kuzatishadi.

Gap jarohatlarda deb o'ylayman, bu jabhada MYU eng yomonlardan biri edi. Yanvarda ko'pchilik safga qaytadi va jamoaga yordam berishadi.

MYU orqada qolib ketgani yo'q, ular to'rttalikka qaytishadi" - deydi sobiq himoyachi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Mirror