

Afsonaviy himoyachining so'zlariga ko'ra, Xarri Keynga teng keladigani yo'q. Ferdinand ingliz hujumchisi qaysi sifatlar sabab eng zo'r ekanligini tushuntirdi.
"Keyn - bu futbolning eng yaxshi reklamasi. Unga ishonishmadi, endi esa u Chempionlar ligasida o'ynamoqda. Aytishim mumkinki, hammasidan og'iri, kichik jussali hujumchilarga qarshi o'ynash. Ular himoyachilardan oson o'girilib qolishadi. Shunga qaramay, hozir Keyn - dunyoda eng zo'ri. U gol urmasligi ham mumkin, lekin baribir o'yinga ta’sir qiladi", - dedi Ferdinand.




