

Unga ko'ra Olimpiada o'yinlarining futbol musobaqalari Rio-de-Janeyroning “Marakana”, Manausning “Amazoniya”, Belu-Orizontining “Mineyrau”, Brazilianing “Mane Garrincha”, Salvadorning “Fonte-Nova” va San-Paulu shahrining “Korintians” stadionlarida o'tkaziladigan bo'ldi. Eslatib o'tamiz, ushbu stadionlarda 2014 yilgi jahon chempionati bahslari ham bo'lib o'tgan.
Yana bir ma'lumot. 18 avgust kuni Xalqaro engil atletika federatsiyalari assotsiatsiyasi (IAAF) Olimpiada o'yinlarida sportcha yurish bo'yicha musobaqalar Rio-de-Janeyroning Flamengo istirohat bog'idan Pontal municipalitetiga ko'chirilganligini tasdiqladi.




