"Volfsburg" himoyachisi Rikardo Rodriges "Inter"ga o'tishi mumkin.
Buni "Corriere dello Sport" tasdiqladi. Manbaning ma'lumotiga ko'ra, Italiya klubi futbolchining o'tishini yozda amalga oshirmoqchi. Bu mavsumda Rodriges 19 bor maydonga tushdi va ikkita gol urdi.