Riberi Kovachdan norozi

Mirjalol Normatov
24 fev 2019
"Bavariya" vingeri Frank Riberi jamoa bosh murabbiyi Niko Kovach bilan munosabatlari yaxshi emas.

Fransiyalik futbolchi "Gerta"ga qarshi o'yinda almashtirilganidan mamnun bo'lmadi. U maydondan chiqib ketganida Niko Kovach futbolchi bilan qo'l siqishmoqchi bo'lgandi. Ammo futbolchi buni istamadi.

Kingsli Koman Riberini almashtirgandi. Ammo u 9 daqiqadan keyin jarohat olib, maydonni tark etdi.

Riberi bu mavsumda ilk marta asosiy tarkibda maydonga tushgandi. U ushbu mavsumda 27 o'yinda qatnashib, 5 gol urdi va 1 golga assistentlik qildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal