Riberi "Galatasaroy"ga qaytishi mumkin

Aslanov Jasurbek
4 may 2019
"Bavariya" vingeri Frank Riberi faoliyatini "Galatasaroy"da davom ettirishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, 36 yoshli futbolchida faoliyatini davom ettirish uchun bir nechta variant bor. Unga Qatar, Saudiya Arabistoni va Avstraliya klublari qiziqish bildirmoqda. Fransiyalik xizmatlariga qiziqayotganlar orasida "Galatasaroy" ham bor. Futbolchi faoliyatini Istanbulda davom ettirishga qarshi emas.

Joriy mavsum Riberi "Bavariya" safida 34ta uchrashuvda maydonga tushib, 4ta gol urdi va 4ta golli pas berdi. Nemis grandi va fransiyalik o'rtasidagi bitim joriy mavsum oxirida yakuniga etadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bild