Riberi: "Fiorentina" muxlislari uchun sovrin yutmoqchiman"

Alisher
22 iyul 2020, 15:24
Frank Riberi Italiyadagi faoliyati haqida gapirdi.

"Men mashg'ulot qilaman va bundan zavq olaman. Bu qilayotgan ishimdan charchamagunimcha davom etadi. "Fiorentina" muxlislari uchun sovrin yutish yomon bo'lmasdi. Tez orada ularni stadionda ko'rishga umid qilaman.

Xohishim va motivaciyam bo'lsa, men davom etishga tayyorman. Biz bu mavsumda yaxshiroq natijalarga erisha olardik deb o'ylayman. Biz katta jamoalar darajasida emasmiz. 2-3 ta yaxshi transfer kerak va yoshlarning rivojlanishi ham", - deydi Riberi.

Eslatib o'tamiz, "Fiorentina" hozirda A Seriyada 12-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: gazzetta.it