Riberi faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin

Omonjon To`xtamirzayev
3 sen 2021
"Bavariya" sobiq vingeri Frank Riberi faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

38 yoshli hujumkor yarim himoyachining xizmatlariga "Karagyumryuk" klubi qiziqish bildirmoqda.

Frank Italiyada ham qolishi mumkin. Francuz bilan shartnoma imzolashga "Verona" va "Salernitana" befarq emas edi, ammo maosh masalasida klublar kelisha olishmadi.

Futbolchi so'nggi ikki mavsumni "Fiorentina"da ijarada o'tkazdi. Riberi A Seriya doirasidagi 50ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 9ta assist qayd etdi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira