Riberi "Al-Sadd"ga o'tishi mumkin

Aslanov Jasurbek
15 apr 2019
"Bavariya" yarim himoyachisi Frank Riberi faoliyatini Qatar klubida davom ettirishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, fransiyalik futbolchi yozda Xavi va Gabi to'p tepayotgan "Al-Sadd"ga o'tishi mumkin. Shu bilan birga Riberiga Avstraliyaning "Vestern Sidney Uonderers" klubi qiziqish bildirmoqda.

Riberi 2007 yildan beri "Bavariya" sharafini himoya qiladi. Joriy mavsum 36 yoshli fransiyalik Bundesliganing 21ta uchrashuvida maydonga tushib, 4ta gol urdi va 3ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Kicker