Riberi A Seriya klubiga o'tish bo'yicha kelishuvga erishdi

Alisher
4 sen 2021
Yarim himoyachi Frank Riberi tez orada "Salernitana" bilan shartnoma imzolaydi.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, 38 yoshli fransiyalik futbolchi yozda "Fiorentina" bilan shartnomasi yakunlangani sabab klubsiz qolgandi.

A Seriyaning yangi ishtirokchisi Riberi bilan bir mavsumlik shartnoma imzolaydi.

"Salernitana" Italiya chempionatining dastlabki ikki turida ochko jamg'ara olmadi va jadvalda 18-o'rinni egallab turibdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira