RFI FIFAdan gol aniqlash tizimini Rossiyada qoldirishni so'radi

Aslanov Jasurbek
16 iyun 2017, 16:52
Rossiya bosh vaziri o'rinbosari Vitaliy Mutkoning so'zlariga ko'ra, Rossiya futbol ittifoqi FIFAdan Konfederatsiyalar Kubogi musobaqasidan so'ng golni aniqlash tizimini mamlakatda qoldirishni so'radi.

"Konfederatsiyalar Kubogidan so'ng to'rt stadionda golni aniqlash tizimi qoladimi? Bu texnologiyadan foydalanishni istaymiz. Bu borada FIFAga murojaat qildik. Ulardan texnologiyadan keyin ham foydalanishni so'radik. Bu aniqroq natijalarga erishish imkoniyatini beradi. Biz kerakli shartnomalarni imzolab, to'rtta stadiondagi uskunalar pulini to'lashimiz lozim. "Krasnodar" stadioni ham shunday texnologiyani o'rnatmoqchi. Murojaat qildik. Agar tasdiqlashsa, Rossiya chempionati reglamentiga bu tizimdan foydalana oladigan odamlarni o'qitish bandini kiritamiz" - deydi Mutko.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com