Turkiya Superligasi. "Rizespor" 5ta gol urilgan o'yinda g'alabaga erishdi, bahsda to'liq harakat qilgan Aliqulov sariq kartochka oldi, u keyingi o'yinni o'tkazib yuboradi

Alisher
26 yanv 2025, 17:33
Turkiya Superligasi 21-tur doirasidagi "Rizespor" - "Adana Demirspor" o'yini bo'lib o'tdi.

Mezbonlarning o'zbekistonlik himoyachisi Husniddin Aliqulov o'yinni asosiy tarkibda boshladi va to'liq harakat qildi. Hamyurtimiz o'yinning 58-daqiqasida hakam tomonidan ogohlantirildi va shu sabab keyingi o'yinni o'tkazib yuboradigan bo'ldi.


"Rizespor" - "Adana Demirspor" 3:2

Gollar: Ibrahim Olavoyin (30), Ali Sov (47), Rashid G'azzol (69, penalti) - Bunyamin Balat (52), Maestro (83).

Foydalanilmagan penalti: Vaslav Yurechka (90+5).



O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia