"Retro futbol": Yuriy Jorkaeffdan shedevr (1-son)

Championat.asia e'tiboringizga havola qilayotgan "Futbol retro talqinda" ruknidan allaqachon tarixga aylangan, ammo har bir futbol muxlisiga zavq bag'ishlaydigan fotosuratlar joy oladi.

Endi shunday videolavhalarni "Retro futbol" loyihasi orqali tomosha qilib borishingiz mumkin. Demak, birinchi son.

Yuriy Raffi Jorkaeff Fransiya terma jamoasi safida 1998 yilgi mundial va 2000 yilgi Yevropa chempionatida zafar quchgan.

U bunga qadar 1996 yilda "Pari Sen-Jermen"dan Milanning "Inter" klubi safiga borib qo'shilgan edi. Yuriyning "neradzurrilar" safidagi 1-mavsumida "Roma"ga qarshi o'tkazilgan o'yin alohida ahamiyat kasb etgan. 

1997 yilning 5 yanvarida Italiya A Seriyasi doirasida o'tkazilgan o'yin "Inter" foydasiga hal bo'lgan edi (3:1). 1-bo'lim oxirida fransiyalik hujumkor yarim himoyachi "Juzeppe Meacca"ga yig'ilgan tomoshabinlarni hayratga solgan edi. Quyida o'sha vaziyatni tomosha qilishingiz mumkin.



Manba: championat.asia