Reshfordda ajoyib natija. U faqatgina Keyn, Salah va Brunudan ortda qolmoqda

Aziz Tukhtamuradov
9 apr 2021, 08:33
"Manchester Yunayted" Yevropa ligasi chorak finalidagi dastlabki o'yinda "Granada"ni mag'lubiyatga uchratdi.

O'yinning 31-daqiqasida MYU futbolchisi Markus Reshford raqib darvozasiga to'p kiritdi. Bu futbolchining ushbu mavsumdagi 20-goli bo'ldi. U gollardan 10 tasini Angliya chempionatida, 6 tasini YCHLda, 2 tasini Yevropa ligasida va yana bittadan Angliya kubogi hamda Angliya liga kubogida urgan. 

Bu orqali, Reshford APLda to'p tepadigan futbolchilar ichida ushbu mavsumda 20 tadan ko'p gol urgan to'rtinchi futbolchi bo'ldi. 

Ushbu mavsumda Keyn (29 ta gol), Salah (27) va Fernandesh (23) kabi futbolchilar 20 tadan ko'p to'p kiritgan. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta