

Angliyalik futbolchi tizzasidan olgan jarohati tufayli Ispaniya Kubogi yarim finalidan o'rin olgan "Atletiko"ga qarshi o'yinni o'tkazib yubordi.
Jurnalist Viktor Navarroning xabar berishicha, 28 yoshli futbolchi bugungi mashg'ulotlarda ishtirok etmagan - u hamon tizzasida noqulaylikni his qilmoqda. Rafinya esa aksincha, rejalashtirilganidek mashg'ulotlarga qaytdi.
"Ko'k-anorranglilar" dushanba kuni La Liga doirasida "Jirona" mehmoni bo'ladi.
Markus Reshford joriy mavsumda 34 ta o'yinda 10 ta gol va 13 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.



