Reshford ushbu yozda PSJga o'tmaydi

Alisher
12 avg 2022
"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford yozgi transfer oynasida PSJga o'tmaydi.

Manchester klubi 24 yoshli angliyalikning sotuviga qiziqish bildirmayapti.

Qayd etish kerakki, "qizil iblislar" yana bir hujumchi bilan shartnoma imzolashmoqchi.

Shu bilan birga, parijliklar yozda kimdir sotilmasa, transfer amalga oshirishmaydi.

Reshford o'tgan mavsum manchesterliklar tarkibida barcha musobaqalarda 32ta o'yinda 5ta gol va 2ta assist qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports