Reshford termaga chaqirilmadi, uning o'rnini "Arsenal" futbolchisi egalladi

Mirjalol Normatov
9 noya 2021, 00:19
"Manchester Yunayted" forvardi Markus Reshford Angliya termasi ixtiyoriga yo'l olmadi.

"Qizil iblislar" matbuot xizmatining xabariga ko'ra, 24 yoshli futbolchi elkasidan olgan jarohatidan keyin jismoniy holatiga qaytib olish uchun vaqt olgan.

Uning o'rnini "Arsenal" forvardi Emil Smit-Rou egalladi. 21 yoshli futbolchi ilk marta termaga chaqirilmoqda.

Angliya termasi 12 noyabr kuni Albaniya, 15 noyabr kuni esa San-Marinoga qarshi o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal