Reshford Osiyo tomon yo'l olishni istamadi, uning maqsadi boshqa

Mirjalol Normatov
3 yanv 2025, 00:50
"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford Saudiya Arabistoni tomon yo'l olishni istamadi.

27 yoshli forvard jamoasining so'nggi 5 o'yinida maydonga tushmadi. U MYUning so'nggi - "Nyukasl"ga qarshi bahsida zaxirada qoldirildi. Bungacha to'rt uchrashuvda esa qaydnomaga ham kiritilmadi.

"The Times" ma'lumotiga ko'ra, angliyalik futbolchi Saudiya Arabistonidan bo'lgan 3 taklifga rad javobini bergan. Bunda u MYUdagi maoshidan ikki baravar ko'proq mablag'ni rad qilgan - yiliga 35 mln evro. Shuningdek, u maoshidan to'lanadigan soliqlarni ham to'lamasdi. Buyuk Britaniyada ayni damda futbolchilar ishlab topayotgan pullarining 45 foizini davlatga qaytarishi kerak.

Reshfordning rad javobini bergani sababi oddiy - u Angliya termasiga qaytishni istaydi. Markus yana yuqori darajasiga qayta olishiga ishonmoqda. Aynan shu sababli ham u Turkiyadan tushgan "yog'li" taklifni eshitib ham o'tirmagan.

Mankunianliklar Reshini qishdayoq sotib yubormoqchi yoki ijaraga bermoqchi. Buning uchun uning yangi klubi maoshini to'lashini ham bo'yniga olishi kerak. Futbolchining o'zi esa MYUda qolib bor kuchini namoyish qilmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Times