Reshford ijtimoiy tarmoqlarni vaqtincha tark etdi

Sherzod Nurmatov
29 may 2024, 01:28
"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford ijtimoiy tarmoqlarni vaqtincha tark etayotganini ma'lum qildi.

"Bir necha haftaga ijtimoiy tarmoqlarni tark etish vaqti keldi. O'zim uchun ham, jamoam uchun ham og'ir mavsumdan so'ng dam olishni va ruhiy jihatdan tiklanishni rejalashtirganman.

Qiyin davrda meni qo'llab-quvvatlagan muxlislardan minnatdorman. Biz birgamiz", – dedi Reshford.

Avvalroq unga Angliya terma jamoasining Evro-2024 uchun qaydnomasida joy topilmagan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/MarcusRashford