Reshford futbol muxlisini sudga berdi

Mirjalol Normatov
19 iyun 2022, 13:28
"Manchester Yunayted" futbolchisi Markus Reshford futbol muxlisini sudga berdi.

Futbolchi muxlisga irqchilikda, bezorilik va hayotga qilingan taxdid borasida ayblov qo'ydi. Futbolchi ishni sudga oshirgan va 10ga yaqin yurist-advokatlar bilan ishlamoqda.

Reshford "Manchester Yunayted" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning klub bilan kelishuvi 2023 yil yoziga qadar davom etadi.

Yakunlangan mavsumda Reshford barcha turnirlarda 32 o'yinda qatnashib, 5 gol va 2 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal