

Markus Reshford uchrashuvda raqib darvozasini ishg'ol etdi. U APLdagi gollarini 64 taga etkazib oldi va MYUning musobaqadagi to'purarlar ro'yxatida 8-o'rindagi Erik Kantona bilan tenglashdi. Ulardan bitta yuqori pog'onada Ole-Gunnar Sulsher bormoqda – 91 gol.
Top-8 esa quyidagi ko'rinishda:
1. Ueyn Runi (183 gol);
2. Rayan Giggz (108);
3, Pol Skoulz (107);
4. Krishtianu Ronaldu (103);
5. Rud van Nistelroy (95)
6. Endi Koul (93);
7. Ole-Gunnar Sulsher (91);
8. Markus Reshford (64);
8. Erik Kantona (64);



