Reshford – APLda 50 ta gol urgan MYU tarixidagi uchinchi eng yosh futbolchi

Eldor Akmurzayev
26 dek 2020, 20:20
Angliya chempionati 15-turidan o'rin olgan “Lester” – MYU bahsida (2:2) jangovar durang qayd etildi.

Uchrashuvda raqib darvozasini ishg'ol qilgan Markus Reshford APLdagi yubiley 50-golini urdi. U bunga 23 yosh va 56 kunligida erishdi. 

Shunday qilib, Markus MYU safida APLda 50 ta gol urgan MYU tarixidagi uchinchi eng yosh futbolchiga aylandi. Undan oldinroqda esa Ueyn Runi (22 yosh, 157 kunlik) va Krishtianu Ronaldu (22 yosh, 341 kunlik) bor.

Instagram'dagi maxsus @angliyafutboli sahifamizga obuna bo'ling!

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta