"Renn" - PSJ uchrashuvida toshbaqa nindzyalar maydonga tushishdi (FOTO)

Aslanov Jasurbek
17 dek 2017, 13:55
"Renn" hamda PSJ o'rtasidagi Fransiya chempionatining 18-tur uchrashuvi vaqtida (1:4) ikki muxlis maydonga tushishdi

75-daqiqada Edinson Kavani parijliklarning uchinchi golini urdi, shundan so'ng toshbaqa nindzya kiyimidagi ikki muxlis futbolchilar bilan golni nishonladi.

"Toshbaqa nindzya"lar hujumchi Kilian Mbappeni quchoqlab olishdi. Birozdan so'ng stadion styuardlari bu ikki ishqibozni maydondan olib chiqib ketishdi.



Futbolchilar va multfilm qahramonlari. O'xshash chexralar (FOTO)

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia