Bu haqda futbolchining o'zidan ma'lumot olish maqsadida "Istiqlol" hamda "Qo'qon-1912" jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuviga tashrif buyurdik.
- Bugun "Istiqlol" safida maydonga tushdingiz, klub bilan kelishuvga erishdingizmi?
- Hozircha ko'rikdan o'tayapman, aniq bir nima deya olmayman.
- Agar ko'rikdan ijobiy o'tsangiz jamoa safida qancha muddat qolasiz?
- Menimcha, "Istiqlol" tarkibida faqat bir davra o'ynasam kerak. Lekin, klub rahbariyati bilan bu borada gaplashganimizcha yo'q, shuning uchun aniq muddatni ayta olmayman. Balki butun mavsumni shu jamoada o'tkazarman. Faoliyatimni "Istiqlol"da davom ettirishim rahbarlar bilan suhbatlashganimizdan so'ng ma'lum bo'ladi.
- Boshqa jamoalardan taklif bormi?
- Oliy liga klublari uchun "zayavka" tugadi, shuning uchun ham takliflar yo'q. Hozir "Istiqlol"daman va ko'p ehtimolki, shu yerda qolsam kerak.
Eslatib o'tamiz, Renat Bayramov o'tgan yilgi mavsumni Jizzaxning "So'g'diyona" klubi tarkibida o'tkazgan. Yarim himoyachi 2013 yil oliy ligada 15ta o'yinda maydonga tushib 6ta gol urishga erishgan.
Tolibjon Qosimov suhbatlashdi