Remzining jarohati jiddiy bo'lib chiqmadi

Mirjalol Normatov
14 okt 2020
"Yuventus" yarim himoyachisi Aaron Remzi Uels termasi tarkibida jarohat olgandi.

Turin klubi rasmiy sayti xabariga ko'ra, Remzi mushaklaridan jarohat olishiga bir bahya qolgan. Ayni damda u shifokorlar shtabi nazoratida bo'lib turibdi.

29 yoshli uelslik futbolchi "Yuventus"ga 2019 yilning yozida o'tgandi.  U ushbu mavsumda jamoa tarkibida 2 o'yinda qatnashdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport