Remzi to'rt million evro tovon puli evaziga "Yuventus"dan ketishga tayyor

Alisher
22 iyun 2022, 15:53
"Yuventus" yarim himoyachisi Aaron Remzi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan Turin klubi bilan shartnomasini bekor qilishga tayyor.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, 31 yoshli uelslik to'rt million evrolik tovon puli evaziga "Yuventus"dan ketishga tayyor.

Qayd etish kerakki, yarim himoyachi hozirda Turin klubida 7,3 million evro maosh oladi. Tomonlar shartnomani bekor qilish borasida muzokara olib borishmoqda.

Remzi o'tgan mavsumning ikkinchi qismini ijara asosida "Reynjers"da o'tkazdi. U barcha musobaqalarda 18ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira