"Arsenal" yarim himoyachisi Aaron Remsi jarohat tufayli terma jamoalar o'yinlaridan so'ng safga qaytadi.
Futbolchi "to'pchilar"ning "Lester Siti" va "Uotford"ga qarshi uchrashuvida maydonga tusha olmaydi. Shu bilan birga Remsi Moldavaga qarshi JCH-2018 saralash bahsida Uels terma jamoasiga yordam bera olmaydi.