Remsdeyl: "Arsenal" afsonasi bo'lishni xohlayman"

Sherzod Nurmatov
14 mar 2023, 18:38
"Arsenal" darvozaboni Aaron Ramsdeyl London klubidagi kelajagi haqida gapirdi.

"Men o'zimni 10, 12, 15 yil davomida "Arsenal"da ko'ryapman – mana maqsad, shuncha vaqt davomida cho'qqida qolish. Umid qilamanki, hech qachon ketishimga to'g'ri kelmaydi. Men ushbu futbol klubida haqiqiy qahramon va afsonaga aylanishni xohlayman", – dedi Remsdeyl.

Remsdeyl 2021 yilda "Arsenal"ga o'tgandi. 24 yoshli angliyalik futbolchining klub bilan shartnomasi 2025 yilning iyuniga qadar tuzilgan.

Remsdeyl 2022/23 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 29 ta o'yinda maydonga tushib, 27 ta gol o'tkazib yubordi va 13 ta o'yinda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano