Reyna: "Gvardiola vazifalarimizni shunday tushuntirib beradiki, biz uchun hammasi osonroq bo'ladi"

Aslanov Jasurbek
7 noya 2014, 17:44
"Bavariya" darvozaboni Pepe Reyna jamoa bosh murabbiyi Pep Gvardiola ko'rsatmalari juda tushunarlini deb aytdi.

"O'yindan ikki soat oldin Gvardiola so'nggi taktik ko'rsatmalarni beradi. Jamoamiz turli hil o'yin tizimlariga tayyor. Kim qayerda o'ynashining farqi yo'q. U nima qilishi kerakligini biladi. Biz raqibning xar bir futbolchisi haqida ma'lumotlarga ega bo'lamiz. Gvardiola vazifalarimizni shunday tushuntirib beradiki, biz uchun hammasi osonroq bo'ladi" - deydi Reyna.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com