Rebich "Milan"da qoladi

Mirjalol Normatov
19 iyun 2022, 11:13
"Milan" klubi rahbariyati hujumchi Ante Rebich borasidagi qarorini chiqardi.

"Calciomercato" xabariga ko'ra, 28 yoshli forvard yozgi transferlar oynasi vaqtida sotib yuborilmaydi va jamoada qoladi. Jamoa bosh murabbiyi Stefano Pioli uni yangi mavsum rejalariga kiritgan.

Yakunlangan mavsumda Rebich "Milan" tarkibida 29 o'yinda qatnashib, 3 gol va 2 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Calciomercato