“Real”ning yana bir a'zosi lazaretga yo'l oldi

Eldor Akmurzayev
10 mar 2020, 19:35
Madridliklar rasmiy saytining xabariga ko'ra, Marselo jarohatlangan.

Tibbiy tekshiruvlar natijasida braziliyalik himoyachining oyoq mushaklari shikastlangani ma'lum bo'ldi. Uning tiklanishi uchun qancha vaqt talab etilishi haqida aniq manba keltirilmagan.

Avvalroq, “qaymoqranglilar” kiperi Tibo Kurtua ham safdan chiqqani ma'lum bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: realmadrid.com