"Real"ning "Osasuna" bilan o'yin uchun qaydnomasi ma'lum bo'ldi

Aziz Tukhtamuradov
1 may 2021
"Real" bugun La Liga 34-turi doirasida "Osasuna"ga qarshi o'ynaydi.

Klub rasmiy sayti bugun maydonga tushishi mumkin bo'lgan futbolchilar ro'yxatini ma'lum qildi:

Darvozabonlar: Tibo Kurtua, Andrey Lunin, Diego Altube.

Himoyachilar: Eder Militao, Rafael Varan, Nacho, Marselo, Alvaro Odriosola, Migel Guterres.

Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Luka Modrich, Kazemiro, Isko, Serxio Arribas, Antonio Blanko.

Hujumchilar: Eden Azar, Karim Benzema, Marko Asensio, Vinisius Junior, Mariano Dias, Rodrigo Goes.

Eslatib o'tamiz, ushbu uchrashuv bugun 23:59dan so'ng boshlanadi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Marca