“Real”ning nechta sobiq futbolchisi joriy mavsum “Barselona”ga gol urdi?

11 yanv 2019, 09:25
Kecha Ispaniya kubogining 1/8 final dastlabki o'yinida “Levante” safida “Real” tarbiyalanuvchisi bo'lgan Borxa Mayoral “Barselona” darvozasini ishg'ol qildi.

Natijada 21 yoshli hujumchi joriy mavsum “Barselona”ga gol urgan “Real”ning sobiq o'yinchilari qatoridan joy oldi. Amaldagi mavsumda Mayoraldan tashqari, Pablo Sarabiya (“Sevilya”, 1:2), Esekiel Garay (“Valensiya”, 1:1) va Serxio Kanales (“Betis”, 4:3) ham “Barselona”ga gol kiritgan edi

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta