"Real"ga qarshi o'yinga bir hafta qolganda "Arsenal"ning asosiy markaziy himoyachisi jarohat oldi

Administrator
2 apr 2025, 00:45
Himoyachi YCHLning muhim o'yinlarini o'tkazib yuborishi mumkin.

Gabriel Magalyaes "Fulxem"ga qarshi o'yinda jarohat oldi. "Arsenal" himoyachisi raqibning qarshi hujumi paytida tezlashganda oyog'ining orqa mushaklarini shikastlab oldi. 27 yoshli braziliyalik himoyachi shundan so'ng maydonni tark etdi.

Keyingi ikki hafta ichida "Arsenal" Yevropa Chempionlar ligasida doirasida ikki marta "Real" bilan o'ynaydi, shuningdek, ularni APL doirasidagi "Everton" va "Brentford"ga qarshi o'yin kutib turibdi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia