"Real"ga Mourinyu kerak emas

Aslanov Jasurbek
21 dek 2018, 15:40
"Real" rahbariyati qisqa yoki uzoq muddat uchun murabbiy Joze Mourinyuni qaytarmoqchi emas.

Madrid klubi bosslari Xulen Lopetegi o'rniga kelgan Santyago Solarini qo'llab-quvvatlashmoqchi.

Oldinroq, ispan klubi "Manchester Yunayted" bilan shartnomasini bekor qilgan Joze Mourinyuni qaytarmoqchi ekanligi haqida xabarlar paydo bo'lgan edi.

Mourinyu 2010-2013 yillarda "Real"ni boshqargan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca