“Real”ga “Lion” hujumchisi kerak

27 mar 2020, 08:37
Rayan Sherki Madrid klubi nishonida.

“Qirollik klubi” “Lion”ning 16 yoshli hujumchisi Rayan Sherkining xizmatlariga qiziqib qoldi. Ma'lumotlarga ko'ra, “Real” Sherki transferi yuzasidan ilk taklifni yuborib, “Lion”dan rad javobini olgan.

Sherki “Lion”ning asosiy tarkibida joriy mavsum debyut qildi. U klub safida 12 ta o'yinda 3 ta gol urib, 2 ta golli uzatma berdi. Uning “sherlar” bilan shartnomasi 2022 yil yoziga qadar tuzilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: AS.com