

Ramos so'nggi marotaba "Barselona"ga qarshi Primeroning 31-tur uchrashuvida chetlatilgan edi. Himoyachi 83-daqiqada jamoasini 10 kishi bo'lib o'ynashga majbur qildi. Ramos uchrashuvda juda ko'p qo'pollik ishlatdi va bu "Real"ning havotiriga sabab bo'ldi. Ispan grandidagilarning fikricha, jamoa sardori boshqalarga namuna bo'lishi lozim.
Ramos 2005 yilda "Sevilya"dan "Real"ga o'tgan va hozirgacha qaymoqranglilar safida 21 marotaba qizil kartochka olgan.



