"Real" rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidanning maoshini ikki baravarga oshirishga qaror qildi.
Ma'lumotlarga ko'ra, endi fransiyalik mutaxassis yiliga 5,5 mln. evro oladi. Zidan so'nggi mavsumda bu borada klub rahbariyati bilan kelishuvga erishgan edi.