"Real" "Yuventus"ga 32 mln. evro to'lab, Moratani qaytarishga qaror qildi

Aslanov Jasurbek
5 fev 2016, 14:16
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Yuventus" hujumchisi Alvaro Morata xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Qirollik klubi" Ispaniya terma jamoasi futbolchisi uchun 32 mln. evro to'lab, uni qaytarishga qaror qildi. Ammo hujumchining o'zi bir necha marotaba "qaymoqranglilar" safiga qaytmasligini aytgan.

"Manchester Yunayted" va "Liverpul" ham 23 yoshli Moratani xarid qilishga urinishi mumkin. Bunday vaziyatda "Real" futbolchi uchun 50 mln. evro to'lashiga to'g'ri keladi.

Italiya chempionati turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca