"Real" yoki "Barselona"da o'ynash? Xoland javob berdi

Tolibjon Qosimov
22 yanv 2025
"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland bugun bo'lib o'tadigan PSJga qarshi YCHL o'yini oldidan kecha matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Unda Erling futbolchilarning "Real" yoki "Barselona"da o'ynash orzusi haqidagi savolga javob qaytardi.

"Men yaqindagina 9 yarim yillik yangi shartnoma imzoladim. Shunday ekan, mendan nima deyishimni kutyapsiz?

Albatta, men u yoki bu jamoa ("Real" va "Barselona" nazarda tutilmoqda)da o'ynamayotganimdan mamnunman va bu meni qoniqtiradi. Oldin ham aytganimdek, men o'z tanlovimdan xursandman va Manchesterda uzoq yillarni o'tkazishni intizorlik bilan kutyapman", - dedi Xoland.


Eslatib o'tamiz, ayni paytda Xoland APL to'purarlari poygasida 17ta gol bilan ikkinchi o'rinda bormoqda. Undan tepadagi Salahda 18 ta gol bor.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: x.com/FootballTalkHQ