"Real" yoki "Barselona"? Ispaniyaning top-klublaridan qaysi biri VAR'dan ko'proq foyda ko'radi?

Sherzod Nurmatov
27 mar 2026, 09:25
La Liga ushbu mavsumida VAR "Barselona" ishtirokidagi o'yinlarda 18 marta va "Real" ishtirokidagi bahslarda 13 marta vaziyatga aralashgan.

Bu haqda AS ma'lumot berdi.

VAR aralashuvlaridan so'ng "Barselona" foydasiga 10 ta va qarshi 8 ta qaror qabul qilindi. Shu bilan birga, "Real" foydasiga 3 ta, zarariga esa 10 ta qaror chiqarildi.

"Real" VAR samaradorligi bo'yicha eng yomon ko'rsatkichlardan biriga ega. Faqat "Ovedo" (2) va "Betis" (1) undan oldinda. "Malorka" (11), "Atletik" Bilbao va "Barselona" (har biri 10 tadan) eng ko'p ijobiy qarorlarga ega bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS