"Real" yarim himoyachisi jarohatga yo'liqdi

22 yanv 2021, 21:04
Madridning "Real" klubi tayanch yarim himoyachisi Federiko Valverde jarohat tufayli safdan chiqdi, deya xabar tarqatdi jamoa matbuot xizmati.

22 yoshli urugvaylik futbolchining tiklanish muddati aniq emas. 

Valverde "Alkoyano"ga qarshi Ispaniya kubogi 1/16 final bosqichi doirasidagi bahsda 120 daqiqa harakatlangan edi. U joriy mavsum "qirollik klubi" safida umumiy 20 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar