

Ma'lumotlarga ko'ra, 20 yoshli xavbekning shartnomasidagi tovon puli 9 mln. evro edi. Biroq moliyaviy muammolar tufayli "Saragosa" o'z futbolchisini "Qirollik klubi"ga 2,5 mln. evro evaziga sotadigan bo'ldi. "Qaymoqranglilar" yarim himoyachi bilan bitim shartlarini kelishib olishsa bas. "Real" Soroni "Saragosa"ga ijaraga beradi.
Soro yakunlangan mavsumda 31ta uchrashuvda maydonga tushib, 2ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.



