"Real" yana bir transfer bo'yicha kelishuvga erishdi

4 iyun 2019, 19:00
Madridning "Real" jamoasi "Lion"dan futbolchi sotib oladi.

 Jurnalist Edu Pidalyaning ma'lum qilishicha, "Real" "Lion"ning chap qanot himoyachisi Ferlan Mendini 50 million evroga xarid qilishga kelishib olgan. 23 yoshli francuz 2025 yilga qadar "qirollik klubi" bilan shartnoma imzolaydi.

Joriy mavsum Mendi 30 ta o'yinda maydonga tushdi va 2 ta gol, 1 ta assistni amalga oshirdi. 

Biroz avval, "qaymoqranglilar" Bundesligadan hujumchi sotib olganini ma'lum qilgandi


O'xshash yangiliklar


Manba: twitter.com/edupidal