"Real" Xolandga yozda u bilan shartnoma imzolay olmasligini ma'lum qildi. Norvegiyalikdan "Borussiya"da 2023 yilga qadar qolish so'raldi

Alisher
11 fev 2022, 15:10
"Real" Dortmundning "Borussiya" jamoasi hujumchisi Erling Xolandga u bilan yozda shartnoma imzolay olmasligini ma'lum qildi.

"Real" prezidenti Florentino Peres o'yinchiga klub u bilan mavsum so'nggida shartnoma imzolay olmasligini va 2023 yilga qadar "Borussiya"da qolishni so'radi.

"Real"ning yozdagi maqsadi - forvard Kilian Mbappeni PSJdan erkin agent maqomida olib kelish.

Madrid klubi moliya sabab bir transfer oynasida ikki o'yinchini ham o'z safiga qo'shib ololmaydi.

21 yoshli forvard "Borussiya" tarkibida barcha musobaqalarda 20ta o'yinda maydonga tushib, 23ta gol va 5ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: 90min.de