"Real" xavbeki jamoani tark etmoqchi

Sherzod Nurmatov
21 iyun 2024
Paulo Yago o'z xohishini klubga ma'lum qildi.

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Paulo Yago yozda jamoani tark etmoqchi, deb xabar bermoqda "The Athletic".



Xabar berishlaricha, 17 yoshli Yago allaqachon klubga o'z istagini aytgan. Yarim himoyachini "qirollik klubi" taklif qilgan shartnoma shartlari qoniqtirmadi va endi u yangi klub izlamoqda. Yagoni qayta solib olish huquqi bilan sotish varianti ko'rib chiqilmoqda.

Shuningdek, Paulo Yago Ispaniya chempionatida qolmasligi ham taxmin qilinmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic