"Real" Varanni qaytarmoqchi emas

Omonjon To`xtamirzayev
25 dek 2023, 13:13
"Qirollik klubi" fransiyalik himoyachini Madridga qaytarish niyatida emas.

"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti himoyachi Rafael Varanning jamoaga qaytishiga rozi, ammo klub futbolchini ortga qaytarish bo'yicha hech qanday harakatlarni amalga oshirmayapti. Ispanlar "Manchester Yunayted" bilan muzokaralarni boshlashmagan ham deb xabar berdi Fabricio Romano.

Avvalroq, Varan "Real"ga qaytish uchun maoshi kamayishiga ham roziligi haqida xabarlar paydo bo'lgandi. 

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Фабрицио Романо